TERMIZ SHAHRIDA “KEKSALAR XAFTALIGI”GA START BERILDI

TERMIZ SHAHRIDA “KEKSALAR XAFTALIGI”GA START BERILDI

Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda tegishli majlis bayoniga asosan, joriy yilning 3-9 oktyabr kunlari respublikamizning barcha hududida “Keksalar haftaligi” o‘tkaziladi.

Bugun, Termiz shahrida “Keksalar xaftaligi” doirasida shaharning "Navbahor" ko‘chasi bo‘ylab “Piyoda yurish marafoni o‘tkazildi. Marafonda nuroniy oqsoqollar, onaxonlar va mahalliy aholi vakillari ishtirok etishdi. Tadbir yakunidan so‘ng ishtirokchilar Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurishdi.