Hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi: hech bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi

Hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi: hech bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi

Bugun, 4-oktyabr kuni Termiz shahriga yangi tayinlangan hokim
O‘ktam To‘rayev ilk uchrashuvini yoshlar bilan o‘tkazdi.

“Chegara” mahallasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda 1-sektordagi “Bog‘zor”, “Manguzar”, “Chegara” va “Mexrobod” mahallasi yoshlari ishtirok etishdi.

Dastlab, Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limi tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot qilindi. Ochiq muloqot ko‘rinishida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarning muammolari tinglanib, aksariyati joyida ijobiy hal etildi.