“Keksalar xaftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

“Keksalar xaftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Mamlakatimizda 2022 yilning 3-9 oktyabr kunlari “Keksalar xaftaligi ” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Termiz shahar mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashabbusi bilan mahallalarda bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, bugun “Namuna” mahallasida bir guruh nuroniylar “Sulton Saodat” majmuasini ziyorat qilishdi. Shuningdek, mahallada yangidan bunyod etilayotgan masjidning qurilish ishlari bilan tanishib, masjid qurilishida beminnat xizmat kilayotgan quruvchilarning ishlariga hamda yurtimizga tinchlik va farovonlik tilab duolar qilishdi. Haftalik doirasidagi tadbirlar barcha mahallalarda davom etmoqda.