RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali “Termiz shahri kanalida chiqindilar uyulib yotgani, anchadan beri olib ketilmayotgani haqida” xabar qilingan.

Mazkur holat Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu muammo viloyat Ipoteka bank yaqinidan oqib o‘tuvchi kanalda ekanligi aniqlanib, shu kunning o‘zida suv yuzasidagi chiqindilar olib tashlanib muammo bartaraf etildi.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati