RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali “Termiz shahar “Kattabog‘” mahallasi Navbahor ko‘chacida chiqindilar uyulib yotgani, anchadan beri olib ketilmayotgani” mazmunida chiqqan murojaat yuzasidan Surxondaryo viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda “Katta bog‘” mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlarda yashovchi fuqarolar tomonidan chiqindilar maxsus chiqindi qutilariga to‘kilmasdan, balki quti oldiga tashlab ketganligi aniqlandi.

Ushbu chiqindilar shu kunning o‘zida “Bio Texno Eco” MCHJ xodimlari tomonidan yig‘ilib, qolgan chiqindilar ham tozalab olinib, markaziy chiqindixonaga joylashtirildi.
Barcha fuqarolarimizni jamiyatda tozalik tartib-qoidalariga amal qilgan holda chiqindilarni belgilangan qutilarga tashlashlarini so‘raymiz.
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati