TERMIZ SHAHRIDA MAXSUS TAKTIK O‘QUV MASHGʻULOTLARI O‘TKAZILDI

TERMIZ SHAHRIDA MAXSUS TAKTIK O‘QUV MASHGʻULOTLARI O‘TKAZILDI

Bugun, Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev tashabbusi bilan “Nurli kelajak” mahallasi hududida tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha favqulotda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida maxsus taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqi boshlanishidan oldin barcha xizmatlar o‘zlarining kuch vositalari bilan saf tortib, maxsus texnika vositalari shay holga keltirildi va o‘quv mashqlari o‘tkazilishiga kirishildi.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in va favqulodda vaziyatlar sharoitida va uning oqibatlarini bartaraf etishda tezkor shtablarning faoliyat ko‘rsatishi hamda navbatchi-dispetcherlik xizmatlari bilan doimiy axborot almashinuvi qay darajada yo‘lga qo‘yilgani yana bir marta sinovdan o‘tkazildi.