Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik

Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik

Ayni vaqtda Termiz shahar hokimligi va shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

Hozirgi kunda Termiz shahrida 683 ta ko‘p qavatli uy-joylar mavjud bo‘lib, mazkur ko‘p qavatli uy-joylarda 21424 ta xonadonda 65741 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda.

Shahardagi 4 ta ko‘p qavatli uy-joylarning 1800 kv.m tom qismida mukammal va joriy ta’mirlash hamda 360 kv.m piyodalar yo‘lakchasi, 10 ta bolalar maydonchasini qurish shuningdek, 40 ta tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 33 ta ko‘p qavatli uylarning fasad qismi va 27 ta ko‘p qavatli uyning 54 ta kirish yo‘laklari tamirlandi.