Murojaatga munosabat

Murojaatga munosabat
Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan "Suvoqovaning quvurlari yorilib, uylarimiz suvga toʼldi" sarlavhali videomurojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Ushbu videomurojaat yuzasidan "Surxondaryo suv taʼminoti" MChJ mutasaddilari tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat boʼyicha joyiga chiqib oʼrganildi. Mazkur muammo 26 iyunь tongida Termiz shahrining "Yulduz" mahallasi, "Аhmad Donish" koʼchasidagi suv kuzatuv qudugʼida nosozliklar tufayli sodir boʼlgan. Shu hududda yashovchi fuqarolar holat yuzasidan "Surxondaryo suv taʼminoti" MChJ Termiz shahar boʼlimiga murojaat qilishgan. Ishchi guruh tomonidan oʼsha kunning oʼzida muammo bartaraf etilib, kuzatuv suv qudugʼidagi nosozliklar bartaraf etilgan. Murojaatda keltirilgan "3-4 oydan beri shu ahvol" mazmunidagi vajlar esa oʼz tasdigʼini topmadi. Sababi mazkur muammo oʼsha kunning oʼzida bartaraf etilgan. Bugun "Surxondaryo suv taʼminoti" MChJ mutasaddilari tomonidan tuzilgan ishchi guruh videomurojaat yoʼllagan fuqaro bilan uchrashib, murojaatchi tomonidan eʼtirozi yoʼqligi hamda muammo bartaraf etilgandan soʼng ijtimoiy tarmoqlarga videomurojaat yoʼllamasligi fuqarolarga tushuntirildi. Shuningdek, fuqarolarga bunday hodisalarni tezda bartaraf etish uchun "Surxondaryo suv taʼminoti" MChJ ning shahar va tuman boʼlimlarida mutasaddilardan iborat ishchi guruh kunu-tun mehnat qilishini eslatib oʼtamiz.