Navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi: Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va faolligini oshirish ustuvor vazifa

Navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi: Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va faolligini oshirish ustuvor vazifa

Termiz shahrida yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida shahar hokimi O‘ktam To‘rayev joylarda yigit-qizlarni qiziqtirgan masalalar, o‘ylantirayotgan muammolarga ijobiy yechim topish choralarini ko‘rmoqda.

Bugun 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Gulira’no” va “Bog‘zor” mahallasi yoshlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham yosh avlodning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirishga e’tibor qaratildi.
"Bog‘zor" mahallasidan S.Ravshanovaning farzandini imtiyozli ravishda bog‘chaga joylashtirish, "Yoshlar daftari"da turuvchi S.Ibrigimovaning tikuv mashinasi ajratish, "Gulira’no" mahallasidan X.Zaripovning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga borishi uchun to‘lovni amalga oshirish, 3 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash kabi turli yo‘nalishlardagi o‘nlab murojaatlarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, kontrakt to‘lovlarini to‘lashda yordam so‘rab murojaat qilgan yoshlarga tegishli tartibda komissiya hulosasi asosida amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.