Termiz shahrida mahalla hududlarini obodonlashtirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Termiz shahrida mahalla hududlarini obodonlashtirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Termiz shahar hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan rejaga asosan shahar aholisining turmush darajasini yanada yaxshilash, sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorligiga erishish, ijtimoiy soha obektlari, yakka tartibdagi va ko‘p qavatli turar joy binolari, kommunal ho‘jalik tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, ichki yo‘llar, dam olish va istirohat maydonchalari infratuzilmasini yaxshilash, keng ko‘lamli tozalik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlari hamkorligida mahallalarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugun reja-grafik asosida erta tongdan “Manguzar” mahallasida ham davlat quyi tizimi xizmatlari hamkorligida obodonlashtirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadallik bilan boshlandi.
Ma’lumot o‘rnida, dastlab ushbu ishlar shaharning “Nurli kelajak” mahallasida start olgan edi.