Termiz shahridagi “Bog‘zor” mahallasida "Workout" maydonchasi foydalanishga topshirildi

Termiz shahridagi “Bog‘zor” mahallasida "Workout" maydonchasi foydalanishga topshirildi

Street workout maydonining ochilish marosimida Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev, viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Abdumutalib Arabovlar va mahalla nuroniylari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Marosimda shahar hokimi mahalla yoshlariga ushbu yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishni hamda yaxshi shug‘ullanib, respublika va jahon chempionatlarida g‘oliblar safidan joy egallashlarini tiladi.

Yig‘ilganlarga ko‘cha sporti bo‘yicha respublika miqyosida Termiz shahar sha’nini munosib himoya qilib, faxrli 2-o‘rinni egallagan mahalla yoshlari jamoasi o‘z chiqishlarini namoyish etib, barchani hayratda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning “Workaut” turi bo‘yicha Respublika bosqichida “Bog‘zor” mahallasining yoshlar jamoasi fahrli 2-o‘rinni egallab, 28 mln pul mukofoti va “Workaut” maydonchasi Sertifikatini qo‘lga kiritishgan edi.