Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Ozoda Abdukadirovna rahbarligidagi ishchi guruhi Termiz shahridagi Namuna va Tinchlik mahallalarida boʻlishdi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Ozoda Abdukadirovna rahbarligidagi ishchi guruhi Termiz shahridagi Namuna va Tinchlik mahallalarida boʻlishdi.

Mahalla xotin-qizlar faollarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.

Avval xabar berganimizdek Termiz shahridagi barcha 37 mahallalardagi xotin-qizlar faollari maxsus dasturlashtirilgan planshetlar bilan ta'minlangan.

Bugungi kunda faollar shu dasturlar orqali barcha oilalar va xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish ishlarini olib borishmoqda.

Ishchi guruh a'zosi Viloyat hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Zulxumor Abdurashidovna faollarning ish faoliyatlarini, yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklarini doim muhokama etilib borilayotganligini va prezidentimiz ishonchini oqlash va xalqni rozi qilish kabi vazifalar har birimizning asosiy maqsadimiz bo'lishi lozimligini ta'kidlab o'tdilar.