Termiz shahridagi mahallalarda ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari davom etmoqda

Termiz shahridagi mahallalarda ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari davom etmoqda

Shahrimizda og‘ir hudud toifasiga kiritilgan mahalllarda mavjud ichki yo‘llarning holatidan kelib chiqib, toshlash ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kungacha 7 ta mahallada 10 kilometrdan ortiq ichki yo‘llarda toshlash ishlari amalga oshirildi.

Termiz shahar hokimligi ko‘magida Obodonlashtirish boshqarmasi va Yo‘llardan foydalanish unitar korxonalari tomonidan mahallalardagi ichki yo‘llarga tuproq-shag‘al aralashmasini to‘shash va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunga qadar “Namuna”, “Baynalminal”, “Manguzar” va “Tinchlik” mahallalarida ichki yo‘llarda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Hozirda “Pattakesar” va “Alisher Navoiy” mahallalarida yo‘lsozlar tomonidan ishlar davom ettirilmoqda.