TADBIRKOR AYOL

TADBIRKOR AYOL

Kecha, 14-sentyabr kuni O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi “Ayollar qanoti”, Surxondaryo viloyati Termiz shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Abdumalik Tangirov, Termiz shahar “Bog‘ishamol” MFY hokim yordamchisi, partiya faoli Bekmirza Ortiqov, partiyamiz a’zosi faol yoshlarimizdan Ramazonbek Xolmurodovlarbilan hamkorlikda Termiz shahar “Bog‘ishamol” MFY da “Ayollar daftari” orqali olgan kredit va subsidiyalarni maqsadli foydalanayotgan tadbirkorlarning uyiga va binolariga uyma-uy kirib o‘rganildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvardagi 60-sonli farmoniga asosan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ko‘rsatilgan maqsadlar ijrosini ta’minlash yuzasidan 69-maqsadda keltirilgan: Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash hamda mahallalarda “ Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish, “Ayollar daftari” orqali xotin-qizlarning muammolarini hal etish amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish loyihasi doirasida targ‘ibot tadbirini tashkil etildi.
Tadbir davomida “Bog‘ishamol” MFY da “Ayollar daftari” da ro‘yxatda turib kredit olgan va mahalladosh ayollarni ish bilan ta’minlagan ayollarimizning xonadonlari va tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan binolariga borib joyida o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida “Bog‘ishamol” MFY Farovon Massivi 5-xonadon, 22-uyda yashovchi Boltayeva Sarvinoz “Ayollar daftari” ning 2-yo‘nalishi asosida tikuvchilik qilish uchun 30 mln. imtiyozli kredit olgan bo‘lib hozirgi kunda o‘z mahallasidagi 4 ta ishsiz ayollarni ya’ni Tojiyeva Gulnora, Erniyozova Jumagul, Qo‘shoqova Nargiza va Bo‘ronova Salima opalarni ish bilan ta’minlaganiga guvoh bo‘ldik.
Shuningdek “Bog‘ishamol” MFY yashovchi “Ayollar daftari” da turadigan 3 nafar farzandlarini bir o‘zi voyaga yetkazib kelayotgan yolg‘iz ona Alimova Shoira opaga ham 14 mln. so‘m miqdorida tikuvchilik qilish uchun imtiyozli kredit ajratib berilgan bo‘lib opa hozirgi kunda qizi Gʻulomova Laylo bilan birgalikda mahallasida faoliyat yuritayotgan aholiga xizmat ko‘rsatish shahobchalaridan buyurtmalar olayotganini aytib o‘tdi. Bir paytlar chet ellarda ishlar edim, farzandlarim uzoqda edi deydi opa hozirgi kundagi ayollarga berilayotgan imkoniyatni ko‘rib chet elga borib ishlash fikridan qaytdim va kredit olib o‘z tadbirkorlik faoliyatimni yuritayapman. Hozirda farzandlarim bag‘rimda, daromadim ham yomon emas va yaxshi yashab kelmoqdamiz dedi Shoira opa.
Bog‘ishamol mahallasi hokim yordamchisi Bekmirza Ortiqov