O‘TTIZ YILLIK MUAMMOLAR HAL BO‘LMOQDA

O‘TTIZ YILLIK MUAMMOLAR HAL BO‘LMOQDA

Ayni kunlarda Termiz shahridagi “Pattakesar” mahallasida yo‘llarni asfaltlash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Mazkur “Pattakesar” mahallasi 2020 yilda Termiz tumani hududidan Termiz shahar hududiga o‘tkazilgan. Ushbu mahalladagi yo‘llarga shu vaqtga qadar asfalt yotqizilmagan bo‘lib, bundan 3 oy oldin Termiz shahar hududidagi og‘ir mahallalarga manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida ko‘chalarni toshlash ishlari amalga oshirilgan edi.
Hozirgi kunda mahallamizda 2,8 km uzunlikdagi “Gulobod”, “Alisher Navoiy”, “at-Termiziy” va “Chegarachi” ko‘chalarimizda asfaltlash ishlari davom ettirilmoqda. Ushbu ishlarga biz mahalla yoshlari ham munosib hissamizni qo‘shib kelmoqdamiz. Aholi turmush tarzi uchun muhim madaniy-maishiy sharoitlarni yaxshilash uchun zarur mablag‘ ajratishda “Ochiq byujdet”, “Tashabbusli byudjet” tamoyillari hayotga tadbiq etilgani ayni muddao bo‘ldi. Ko‘chalarimizni asfaltlash borasida bildirgan taklifimiz “Ochiq byudjet” platformasi va “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida eng ko‘p ovoz oldi – deydi “Pattakesar” mahallasi Yoshlar yetakchisi Erkin Daliyev.
- Yozda chang-to‘zon, qishda to‘piqqacha loy ko‘chalarimizda bugun amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga ko‘pning havasi keladi. O‘ttiz yildirki, ichki yo‘llarni asfaltlash yechib bo‘lmas masalalardan edi. Orzularimiz ushaldi. Obod bo‘layotgan ko‘chalar qishlog‘imiz aholisi qalbiga o‘zgacha quvonch, shodlik olib keldi, odamlarimiz kayfiyati, ruhiyatini ko‘tardi - deydi mahalla nuroniysi Abdunazar Mamatov.