Surxondaryoda ilk marotaba sportning kamondan otish turi bo‘yicha "O‘zbekiston kubogi" musobaqasi o‘tkazilmoqda

Surxondaryoda ilk marotaba sportning kamondan otish turi bo‘yicha "O‘zbekiston kubogi" musobaqasi o‘tkazilmoqda

Bugun Termiz shahridagi "Surxon-Arena" sport majmuasida sportning kamondan otish turi bo‘yicha "O‘zbekiston kubogi" musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati Kamondan otish federasiyasi raisi A.Umarov, viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Arabov hamda Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi G.Aripovalar so‘zga chiqib, yurtimizda mazkur sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning samarasi xususida to‘xtalib o‘tdilar. Respublikamizning Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan sportchilarga omad va zafarlar yor bo‘lishini ta’kidladilar.