“Madaniyat karvoni” Termiz shahrida Ijodkorlar va harbiy xizmatchilar uchrashuvi

“Madaniyat karvoni” Termiz shahrida
Ijodkorlar va harbiy xizmatchilar uchrashuvi

Bugun 14 sentyabr kuni Termiz shahridagi 11506-sonli harbiy qismda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Dastlab poytaxtdan tashrif buyurgan mehmonlar Termiz garnizoni ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestr jamoasining vatannni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari bilan tantanali kutib olindi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari M.Hojimatov, falsafa fanlari fanlari doktori, professor J.Shermuhammedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilfuza Rahimova, xushovoz xonandalar Dilafruz Hayitmetova, To‘lqin Fayziyev(Surxon guruhi) va Surayyo Qosimova va viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari N.Raxmatullayeva hamda keng jamoatchilik vakillari va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Ijodkorlar bilan uchrashuv va taniqli xonandalar ijrosidagi go‘zal kuy-qo‘shiqlar barchaga pozitiv kayfiyat bag‘ishladi.