“Madaniyat karvoni” Termiz shahrida Ijodkorlar va quruvchi ishchilar uchrashuvi

“Madaniyat karvoni” Termiz shahrida
Ijodkorlar va quruvchi ishchilar uchrashuvi

Respublikadan tashrif buyurgan bir guruh olim va shoirlar, qo‘shiqchi san’atkorlar, teatr va kino arboblari ishtirokidagi “Madaniyat karvoni”ning navbatdagi manzili Termiz shahrida katta bunyodkorlik ishlari davom etayotgan Farovon massivida bo‘lib o‘tdi.

Dastlab ijodkorlar “Movaro” sotuv va xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lishib, u yerdagi ishchi xodimlar bilan suxbatlashdilar. Shundan so‘ng qurilish ishlari davom etayotgan ko‘p qavatli uylarda ishlayotgan muxandis va quruvchi ishchilar bilan uchrashdilar.

Kino va teatr aktyorlari hamda shoir va taniqli san’atkorlar bilan bo‘lgan uchrashuv quruvchilarga ko‘tarinki kayfiyat va a’lo taassurotlar bag‘ishladi.
Elimiz ardog‘idagi san’atkorlarning jonli ijrodagi sho‘x qo‘shiqlari ishchilarini o‘yin-kulgularga chorladi.