“Madaniyat karvoni” Termiz shahrida Ijodkorlar ishlab chiqarish korxonalaridagi ishchilar bilan uchrashdi

“Madaniyat karvoni” Termiz shahrida
Ijodkorlar ishlab chiqarish korxonalaridagi ishchilar bilan uchrashdi

Respublikadan tashrif buyurgan bir guruh olim va shoirlar, qo‘shiqchi san’atkorlar, teatr va kino arboblari ishtirokidagi “Madaniyat karvoni”ning madaniy-ma’rifiy tadbiri va konsert dasturi Termiz shahridagi jundan va ipakdan gilam to‘qish, tayyor kiyim-kechak va trikotaj maxsulotlari hamda poyabzal ishlab chiqarish kompleksida bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturida elimiz ardog‘idagi san’atkorlarning sho‘x kuy-qo‘shiqlari korxona ishchilarini o‘yin-kulgularga chorladi. Kino va teatr aktyorlari hamda shoirlar bilan bo‘lgan uchrashuv esa ishtirokchilar ko‘tarinki kayfiyat va a’lo taassurotlar bag‘ishladi.