MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

Bugun, 9 sentyabr kuni Termiz shahar hokimligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati shahar bo‘limi bilan hamkorlikda “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatini zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash” mavzusida navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati shahar bo‘limi bosh vrachi D.Maxammadiyeva ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Shundan so‘ng anjumanda ishtirok etayotgan jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari va boshqa mas’ullar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga D.Maxammadiyevadan javob olishdi.