MA'NAVIYAT FESTIVALI TERMIZ SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA

MA'NAVIYAT FESTIVALI TERMIZ SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA

Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi Prezident maktabida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida "Ma’naviyat festivali" loyihasi doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Dastlab, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov bolajonlarga samimiy tilaklarini bildirib, bugungi kunda ertamiz egalari bo‘lgan farzandlarimiz manfaatlarini himoya qilish, ularning jahon andozalariga muvofiq bilim olishi, ma’naviy kamol topishi uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi.