TERMIZ SHAHRIDA MILLIY FILMLAR TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TMOQDA

TERMIZ SHAHRIDA MILLIY FILMLAR TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TMOQDA

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 9-14 sentabr kunlari Surxondaryo viloyatidagi shahar va tumanlarda bir guruh olim va shoirlar, qo‘shiqchi san’atkorlar, teatr va kino arboblari bilan "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, konsert dasturlari bo‘lib o‘tmoqda.

Kuni kecha shahrimizdagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida o‘tkazilgan taqdimot marosimida kino ijodkorlar aholi vakillari bilan uchrashib ular bilan suhbatlashishdi.

Tadbir jarayonida Imom Abu Iso Muhammad Termiziy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan film namoyish etildi. Kino ijodkorlar bilan bo‘lgan uchrashuv ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi va yorqin taassurot qoldirdi. Festival doirasidagi ijodiy uchrashuvlar, filmlar taqdimoti vohamizning har bir hududida 14 sentabr sanasiga qadar davom etadi.