"MA’NAVIYAT FESTIVALI" DAVOM ETMOQDA

"MA’NAVIYAT FESTIVALI" DAVOM ETMOQDA

Termiz shahrida "Ma’naviyat festivali" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Bugun, 11 sentyabr kuni Termiz olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida ham bir guruh olim va shoirlar, qo‘shiqchi san’atkorlar, teatr va kino arboblari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston - ma’rifatli jamiyat” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda sportchilar o‘quvchi yoshlar va ustozlar hamda mahalliy aholi vakillari qatnashib, yaxshi madaniy hordiq olishdi. Taniqli xonandalar ijrosidagi go‘zal kuy-qo‘shiqlar barchada iliq taassurot qoldirdi.