Termiz shahar Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul oʼtkazildi.

Termiz shahar Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul oʼtkazildi.
Bugun, 6 iyulь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz shahar xalq qabulxonasi mudiri va Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdievlar birgalikda sayyor qabul oʼtkazdi. Unda hokim oʼrinbosarlari, mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Qabulda fuqarolarning subsidiya asosida imtiyozli uy-joylardan olish masalasi, ishga joylashish, sogʼliqni saqlash va kommunal sohaga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish choralari koʼrildi. Sayyor qabulda keltirilgan turli muammolarning bir qismi joyida hal etildi. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolardan ikki nafariga moddiy yordam ajratildi. Vaqt talab etadigan murojaatlar boʼyicha muddat belgilanib,ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.