"MA’NAVIYAT FESTIVALI" DAVOM ETMOQDA

"MA’NAVIYAT FESTIVALI" DAVOM ETMOQDA

Termiz shahrida "Ma’naviyat festivali" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Bugun, 10 sentyabr kuni 2 Akademik liseyida bir guruh olim va shoirlar, qo‘shiqchi san’atkorlar, teatr va kino arboblari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston - ma’rifatli jamiyat” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda o‘quvchi yoshlar va ustozlar hamda mahalliy aholi vakillari qatnashib, yaxshi madaniy hordiq olishdi. Taniqli xonandalar ijrosidagi go‘zal kuy-qo‘shiqlar barchada iliq taassurot qoldirdi.