Termiz shahrida “Madaniyat karvoni”, “Ma’naviyat festivali” davom etadi

Termiz shahrida “Madaniyat karvoni”, “Ma’naviyat festivali” davom etadi

Shahrimizda poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli olim va shoirlar, qo‘shiqchi san’atkorlar, teatr va kino arboblari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlarning ikkinchi kuni ham yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 12-maktabda ham ijodiy uchrashuv va konsert dasturlari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchi yoshlar va ustozlar hamda mahalliy aholi vakillari qatnashib, yaxshi madaniy hordiq olishdi.
Uchrashuvda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minxojiddin Mirzo, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Gavhar Zokirova, xalqaro toifadagi notiqlik bo‘yicha trener Jamila Shermuxamedova va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Feruza Muhitdinovalarning ona Vatanni, kitobni madh etuvchi fikrlari va she’rlar tadbirga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
Taniqli xonandalardan Dilfuza Raximova va Dilafruz Haytmetova hamda “Surxon” guruhi ijrosidagi go‘zal taronalarga mahalla aholisi va yoshlar raqsga tushishdi.