San’at saroyi amfiteatri 3000 nafar voxalik yoshlarni o‘z bag‘riga jamladi

San’at saroyi amfiteatri 3000 nafar voxalik yoshlarni o‘z bag‘riga jamladi

Termiz shahridagi San’at saroyi amfiteatrida bo‘lib o‘tgan "Yoshlar festivali" avvalida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov surxondaryolik yoshlarning erishgan yutuqlari haqida so‘z yuritib, o‘tkazilgan "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalarining birinchi mavsumi natijalari haqida to‘xtaldi hamda bugun start berilgan ikkinchi mavsumda ularga omad va zafarlar tiladi.

Musobaqalarning birinchi mavsumi hamda sportning shaxmat va futbol turlari bo‘yicha o‘tkazilgan Surxondaryo viloyat hokimi kubogi g‘oliblariga pul mukofotlari yozilgan sertifikatlar va maxsus kubok topshirildi.

Festival dasturidan san’atkorlar, xususan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilfuza Raximova, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Iroda Iskandarova, Isroil Saydumarov, Dilshod Imomaliyevlarning sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

 

Shuningdek, 10 sentyabrdan "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalari ikkinchi mavsumning ilk bahslari – ko‘chalararo bosqichi har bir mahalla umumta’lim maktablarida yoki mahalla qoshidagi sport maydonlarida o‘tkaziladi.

10 ta sport turi bo‘yicha o‘tadigan bahslarda 7-10, 11-15, 16-21, 22-26 va 27-30 yoshli mahalla yoshlari qatnashadi.

Ikkinchi bosqich musobaqalarining o‘ziga xos jihati – "Besh tashabbus olimpiadasi" yakunida mamlakatimizdagi yana 279 ta mahalla sport maydonchalariga ega bo‘lish imkonini qo‘lga kiritadi.