Termiz shahrida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar boshlandi

Termiz shahrida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar boshlandi

Bugun, Termiz shahridagi San’at saroyida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Madaniyat karvoni” doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxtdan tashrif buyurgan bir guruh olim va shoirlar, qo‘shiqchi san’atkorlar, teatr va kino arboblari ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirda “O‘zbekiston qahramonlari” kitobining taqdimoti ham o‘tkazildi. Marosimda elimiz suygan san’atkorlar bilan uchrashuv hamda taniqli xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Ma’lumot uchun, mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 9-14 sentyabr kunlari Surxondaryo viloyatidagi shahar va tumanlarda bir guruh olim va shoirlar, qo‘shiqchi san’atkorlar, teatr va kino arboblari bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi.