ermiz shahrida bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Mustaqilligimizning 31 yilligi bayram shukuhi kezayotgan yurtimizda yana bir quvonchli xush xabar, Termiz shahrida bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Dastlab, Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Inoyatov Amrulla Shodiyevich, Oʻzbekiston Qahramoni, tibbiyot fanlari doktori, professor R.O.Muhammadiyev, Termiz shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori M.M.Rahmonovalar soʻzga chiqishdi. Ochilish marosimida viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi, jamoatchilik vakillari, OAV va nuroniylar ishtirok etishdi.