Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining XXXI sessiyasida bir guruh deputatlar taqdirlanishdi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining XXXI sessiyasida bir guruh deputatlar taqdirlanishdi
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017 yil 25 dekabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʼbatlantirish tizimini joriy etish haqida”gi KQ-278-III-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga asosan, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashida “Аdolatli deputat”, “Xalqparvar deputat”, “Mehnatkash deputat” hamda “Faxriy deputat” maqomlari taʼsis etilgan. Shu munosabat bilan 2020 yil davomida samarali faoliyat olib borgan, jamoatchilik va xalq orasida munosib obroʼ-eʼtibor qozongan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʼbatlantirish maqsadida, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʼbatlantirish boʼyicha komissiyasi tavsiyasi va Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari boʼyicha doimiy komissiyasi takliflariga binoan shahar Kengashidagi bir guruh deputatlar taqdirlanishdi.