Professional ta'lim muassasalarining Avgust anjumani

Professional ta'lim muassasalarining Avgust anjumani

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2022 yil 9-avgustdagi "Professional ta'lim muassasalarini 2022/2023 o‘quv yiliga tayyorgarligi bo'yicha avgust seminarlarini o'tkazish to'g'risida"gi 267-son buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida 2022 yil 27 avgust kuni Surxondaryo viloyati Professional ta’lim muassasalarining Avgust seminarlari yalpi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda viloyat hokimi T.Bobolov, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar instituti bosh mutaxassisi A.Majidov, viloyatdagi barcha РТМ rahbarlari va pedagog kadrlari, OTM rektorlari hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.

2021-2022 o'quv yili davomida РТ faoliyatida samarali mehnati, shijoati, ulkan tajribasi bilan shaxsan hissa qo'shgan hamda Respublika ko’rik tanlovlarida ishtirok etib faxrli o’rinlarni qo’lga qiritgan bir qator direktorlar, o‘qituvchi va pedagoglari Viloyat hokimi tomonidan hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdirlandi.