Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining XXXI sessiyasi boʼlib oʼtdi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining XXXI sessiyasi boʼlib oʼtdi
Sessiyada Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimi, sektor rahbarlari, hokim oʼrinbosarlari, tashkilot-korxona rahbarlari ishtirok etishdi. Sessiyani Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev boshqarib bordi. Kun tartibida jami 9 masala muhokamaga qoʼyilib koʼrib chiqildi. Birinchi masala yuzasidan Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini yaxshilash borasida 2021 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Termiz shahar Xalq taʼlimi boʼlimi mudiri O.Sadatov, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-sonli va 2019 yil 8 yanvardagi PQ-4102-sonli qarorlariga asosan biriktirilgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha 2021 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida shahar sektor rahbarlari hisobotlari, xususan shahardagi 1-sektor rahbari oʼrinbosari M.Kenjaeva, “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasiga tushgan mablagʼlarni sarflash xarajatlari yuzasidan “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar boʼlimi raisi А.Pardaev, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʼqitish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida shahar hokimining oʼrinbosari K.Аshurov, Oʼzbekiston yoshlar ishlar agentligi shahar boʼlimi boshligʼi J.Salohitdinov va mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Termiz shahar boʼlimi tomonidan 2021 yilning 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida Majburiy ijro byurosi Termiz shahar boʼlimi boshligʼi kengashga axborot berdi.
Sessiyaga qoʼyilgan yuqoridagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining qarorlari qabul qilindi.