Surxondaryoda “Umid nihollari - 2022” g‘oliblariga Prezident sovg‘asi topshirildi

Surxondaryoda “Umid nihollari - 2022” g‘oliblariga Prezident sovg‘asi topshirildi


Bugun Termiz shahridagi San’at saroyining yozgi sahnasida “Umid nihollari - 2022” sport musobaqalarining final bosqichlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar hamda ularning murabbiylarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyatining jami 509 nafar o‘quvchilari hamda 51 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchi - murabbiylariga esdalik sovg‘alar topshirildi.
1-o‘rinni egallagan o‘quvchilarning har biri noutbuk, 2-o‘rin televizor, 3-o‘rin velosiped va 1-3-darajali medal, diplom va kuboklar, shuningdek, ularni musobaqalarga tayyorlagan o‘qituvchi - murabbiylari sport ekipirovkalari bilan taqdirlandilar.

Umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Denov tumani jamoasiga viloyat hokimi To‘ra Bobolov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi “Damas” rusumli avtomashina topshirildi.
Shundan so‘ng tadbir davomida viloyatning taniqli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan sho‘h kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.