Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari

Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari

Bugun, Termiz shahridagi Amudaryo bolalar cog‘lomlashtirish oromgohida 1-sektorda joylashgan mahallalarda "Yoshlar daftari"ga asbob-uskuna uchun ariza yuborgan yoshlarning, istaklari amalda ijobiy hal etildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 312 - sonli qaroriga asosan Termiz shahridagi barcha mahallalarda “Yoshlar daftari”dagi 107 nafar yoshlarga o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida tikuv mashinasi, payvandlash uskunasi, santexnika asboblari, inkubator, sartaroshlik jihozlari va asboblari, kompyuter jamlanmasi, pishiriq pechi hamda qurilishda ishlatiladigan asbob-uskunalar topshirildi.

Davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan kelib chiqib, ularga berilayotgan asbob-uskunalar hamda ajratilayotgan subsidiyalardan quvonchi cheksiz yoshlar Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.