O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag`ishlangan konsert dasturi.

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag`ishlangan konsert dasturi.

Termiz shahridagi muhtasham San'at saroyi hovlisida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan O'zbekiston Davlat filarmoniyasi tasarrufidagi O'zbekiston Milliy simfonik orkestri jamoasining shou konsert dasturi bo'lib o'tdi.

Konsert davomida buyuk kompozitor Vivaldining "Yil fasllari"dan Bahor taronasi, O'zbek kinofilmlaridan "Ishdagi ishq", "Chinor tagidagi duel", "Mahallada duv-duv gap", "Ayol
ifori" kabi kinofilmlaridan asarlar ijro etildi.

Dirijyor Alibek Kabdurahmonov boshchiligida orkestrning konsert dasturi noodatiy, jonli ijro va jonli musiqa sadolari ostida konsert dasturi bo'lib o'tdi.

Shuningdek, konsert dasturida o'zbek va jahon klassik durdona asarlari ijro etildi. Konsert dasturi yig'ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag'ishladi.