Termizda "Ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi

Termizda "Ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi

Kecha, Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida Surxondaryo viloyat hokimligi va viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi hamkorlikda "Ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi.

Dastlab, viloyat hokimi Bobolov To‘ra Abdiyevich so‘zga chiqib, Yangi O‘zbekistonning 31-yillik Mustaqillik shodiyonasi bilan barchani muborakbod etib, yangi o‘quv yili barcha ustoz-murabbiylar omadli kelishini, shogirdlar tayyorlashda mustahkam sog‘lik va omad tiladi.

Tadbirda ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, viloyatda ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan ko‘plab ta’lim fidoyilari viloyat hokimining faxriy yorliqlari va sovg‘alari bilan taqdirlandi. Viloyatning taniqli san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.