“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida rasmlar tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi

“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida rasmlar tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi

Bugun, Ro‘zi Choriyev nomidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktab internatida 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazilib, unda umumta’lim maktablari va shahar Barkamol avlod bolalar maktabining iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tanlovda o‘quvchilarning chizgan rasmlarini belgilangan nizom talablari asosida ixtisoslashtirilgan san’at maktab internatining o‘qituvchilaridan iborat hakamlar xay’ati baholashdi.

Ko‘rik tanlov natijalarga ko‘ra 1-umumiy ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Abdugafarova Zara Botirovna tanlovda faxrli 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Yakunda g‘olibga shahar hokimligining diplom va qimmatbaho estalik sovg‘alari topshirildi.