“Davlat fuqarolik xizmati toʼgʼrisida”gi qonun targʼibotiga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi

“Davlat fuqarolik xizmati toʼgʼrisida”gi qonun targʼibotiga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi

Bugun Termiz shahar hokimligida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Surxondaryo viloyati filiali masʼullari tomonidan “Davlat fuqarolik xizmati toʼgʼrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʼishlangan targʼibot tadbiri oʼtkazildi.

Tadbirda viloyat moliya bosh boshqarmasi, viloyat Gʼaznachilik boshqarmasi va Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining xodimlari ishtirok etishdi.

Unda maʼruzachilar tomonidan Qonunning mazmun-mohiyati, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari, vazifalari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Yakunda ishtirokchilar tomonidan Qonunda belgilangan meʼyorlar yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berib oʼtdilar.