Surxondaryoda qurilish sohasi xodimlari kuni keng nishonlandi

Surxondaryoda qurilish sohasi xodimlari kuni keng nishonlandi

Mamlakatimizda har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida keng nishonlab kelinadi munosabat bilan kecha va bugun Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida bayram tantanalari boʼlib oʼtdi.

Kuni kecha Termiz shahridagi “Аfruz” tantanalar saroyida oʼtkazilgan viloyatning asosiy bayram tadbirida usta binokorlar, meʼmor va loyihachilar, pudratchi tashkilotlar vakillari, mehnat faxriylari va sohaning fidoyi mutaxassislari taklif etildi.

Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining birinchi oʼrinbosari Fayzulla Mamanov viloyat hokimining voha quruvchilariga bayram tabrigini oʼqib eshittirdi.

Tadbirda koʼp yillik samarali mehnati, soha rivojiga qoʼshgan munosib hissasi, shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan oʼzgartirish borasidagi fidokorona xizmatlari uchun bir guruh soha vakillari viloyat hokimligining faxriy yorligʼi va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Viloyatimiz sanʼat ustalari va poytaxtdan tashrif buyurgan Oʼzbekiston va Qoraqalpogʼiston xalq artisti Mahmud Namozov, Oʼzbekiston va Qoraqalpogʼistonda xizmat koʼrsatgan artist Hosila Rahimova, estrada xonandasi Hulkar Аbdullaeva singari el ardogʼidagi sanʼatkorlar ijrosidagi kontsert dasturi barchaga koʼtarinki kayfiyat bagʼishladi.