“Parlament oʼyinlari” sport musobaqalarining hududiy bosqichi boʼlib oʼtdi

“Parlament oʼyinlari” sport musobaqalarining hududiy bosqichi boʼlib oʼtdi

Qashqadaryoda viloyatida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kubogi uchun “Parlament oʼyinlari” sport musobaqalarining hududiy bosqichi boʼlib oʼtdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Parlament oʼyinlari” sport musobaqalarini tashkil etish va oʼtkazish toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq, senatorlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanishga jalb qilish, aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish maqsadida oʼtkazilayotgan musobaqada ishtirokchilar sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi va badminton turlari boʼyicha bahslashdi.

Musobaqada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari sportning Futbol turi boʼyicha oʼtkazilgan bahslarda faxrli 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi.