Termiz shahrida hokim yordamchilarining tavsiyasi bilan ajratilgan kreditlar asosida tashkil etilgan baliqchilik va parrandachilik tajribasi tanishtirildi

Termiz shahrida hokim yordamchilarining tavsiyasi bilan ajratilgan kreditlar asosida tashkil etilgan baliqchilik va parrandachilik tajribasi tanishtirildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 avgustdagi PQ-5228-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz shahridagi «Guliston» mahallasida «Bir maxalla – bir maxsulot» tamoyiliga muvofiq intensiv usulda baliqchilik loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bugun, Surxondaryo viloyat hokimi Toʼra Bobolov boshchiligida Termiz shahar hamda barcha tumanlar sektor rahbarlari, mutasaddilar va OАV vakillari birgalikda hokim yordamchisi Salohiddin Chorievning xonadonida boʼlishib, hovlida intensiv usulda baliq yetishtirish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Shundan soʼng rahbarlar “Shifokor” mahallasida oʼz uyida kurka (indyuk) yetishtirayotgan Xoʼjaqulova Dinora Baxtiyorovna xonadoniga tashrif buyurishdi. Sektor rahbarlariga xonadon egasi oʼzining kurka yetishtirish borasidagi tajribalarini gapirib berdi.
Аytib oʼtish lozimki, mazkur ishlar hokim yordamchilarining tavsiyasi asosida ajratilayotgan kredit mablagʼlari asosida aholining real qoʼshimcha daromadlarini oshirishga hamda ishchi oʼrni yaratishga katta hissa qoʼshmoqda.
Yakunda viloyat hokimi tomonidan yuqoridagi tajribadan kelib chiqib, aholining baliq va parranda goʼshtiga boʼlgan talabini qondirish maqsadida viloyatning barcha tumanlarida baliq va parranda yetishtirishni yanada kengaytirish yuzasidan mutasaddilarga aniq koʼrsatma va topshiriqlar berildi.