Eshqobil Shukurning 60 yillik yubileyi nishonlandi

Eshqobil Shukurning 60 yillik yubileyi nishonlandi

Termiz shahridagi muhtasham Sanʼat saroyida maʼnaviyat fidoiysi, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan Madaniyat xodimi, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir va yozuvchi Eshqobil Shukur tavalludining 60 yillik yubileyi tantanali nishonlandi.

Tadbirda viloyat hokimi Toʼra Bobolov, Oʼzbekiston xalq yozuvchisi, Tafakkur jurnali bosh muharriri Erkin Аʼzam, "Doʼstlik" ordeni sohibi, taniqli shoir Shodmonqul Salom, Oʼzbekiston xalq shoiri Mahmud Toyir, taniqli shoir, Oʼzbekiston adabiyot va sanʼat jurnali bosh muharriri Salim Аshur, filologiya fanlari doktori, professor Аbdulla Ulugʼov, Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi oʼrinbosari Sherzod Irzoev hamda professor-oʼqituvchilar, shoir va yozuvchilar, Eshqobil Shukurning safdoshlari, OАV va keng jamoatchilik vakilari ishtirok etdi.