Surxondaryoda "30 iyul - Xalqaro doʼstlik kuni" keng nishonlanmoqda

Surxondaryoda "30 iyul - Xalqaro doʼstlik kuni" keng nishonlanmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan soʼnggi yillarda yurtimizda millatlararo totuvlik va diniy bagʼrikenglikni taʼminlash boʼyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, "Xalqaro doʼstlik kuni" munosabati bilan Termiz shahridagi madaniyat uyida "Doʼstlik festivali" oʼtkazildi.
Unda vohamizdagi tojik, rus va turkman milliy madaniy markazlarining vakillari hamda ukrain, qozoq va qoraqalpoq millatiga mansub fuqarolar oʼzlarining milliy qoʼshiq va raqslari bilan yigʼilganlarga hursandchilik ulashdi.
Shuningdek, festival doirasida milliy madaniy markazlar tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik mahsulotlari va milliy taomlar koʼrgazmasi ham namoyish etildi.
Mamlakatimizda oʼtkazilayotgan "Xalqaro doʼstlik haftaligi" doirasida viloyatning barcha hududlarida bayram tadbirlari tashkil qilinadi.