Xalqaro fan olimpiadalari gā€˜oliblari taqdirlandi

Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari taqdirlandi

Joriy yilning 28 iyul kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi anjumanlar zalida eng nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida so‘zga chiqqanlar tomonidan o‘z bilim va iqtidori bilan jahon miqyosidagi eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida tengdoshlari bilan raqobatga kirishayotgan, sovrinli o‘rinlarni egallab oltin, kumush, bronza medallarni olib kelayotgan yoshlarimiz safi kengayib borayotganligini faxr bilan qayd etildi.

Taqdirlash marosimida eng nufuzli xalqaro olimpiadalari g‘oliblari hamda 2021-2022 o‘quv yili davomida mintaqaviy xalqaro olimpiadalarning sovrindorlari va ularning ustozlariga pul mukofotlari topshirildi.