“MARKETING ASOSLARI” FANINING DOLZARBLIGI VA O‘QITISh STRUKTURACI

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to‘laqonli ochib berilgan.

“Marketing asoslari” fanining asosiy maqsadi –o‘quv dasturida o‘quvchilarga amaldagi tarmoq ta’lim standartlari doirasida chuqur bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni berish, o‘qitishning interaktiv uslublari, yangi avlod axborot kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuterlashtirilgan dasturlar qo‘llagan holda mashg‘ulotlarni nazariy, amaliy dasturlar ko‘rinishida tashkil yetilib chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar berish maqsad  qilib qo‘yilgan.

 

“Marketing asoslari” fanning vazifalari:

    “Marketing asoslari” fani o‘quv rejasidagi deyarli barcha  fanlar bilan aloqa o‘rnatadi. Ayniqsa, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Iqtisodiyot asoslari”, “Tadbirkorltik va biznes asoslari”, “Menejment  asoslari” fanlari bilan bog‘langan .

“Marketing asoslari” fanini o‘qitishda fanning mazmunidan kelib chiqqan holda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan  foydalaniladi.