JINOYAT MUHOKAMA ETILDI

JINOYAT MUHOKAMA ETILDI

Bugun, 22-iyul kuni Termiz shahar hokimligi yig‘ilishlar zalida “Do‘stlik” mahallasida sodir etilgan jinoyat muhokama etildi.

Unda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Abduvoxid Ismoilov, Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda profilaktika inspektorlari, imom-xatiblar, mahalladagi yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchilari va mahalla raislari ishtirok etishdi.

Mazkur yig‘ilishda mahallada sodir etilgan og‘ir jinoyatning kelib chiqish asl sabablari, sharoiti, jinoyatchilikning oldini olish maqsadida amalga oshirilgan ishlarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Muhokamada eng katta kamchilik loqaydlik ekanligi va bu illat har qanday ko‘rinishdagi jinoyatga yo‘l ochib berishi mumkinligi ta’kidlandi.

Shuningdek, oila va mahalladagi ijobiy muhitni mustahkamlash, odamlarning har qanday voqeaga dahldorlik hissi bilan yashashigina jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi eng samarali vosita ekanligi tushuntirildi.

Yig‘ilish so‘ngida jinoyatchilik oshgan mahallalar muhokama etilib, kelgusida ushbu jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xuquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida keng jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi.