Termiz shahrida Sektor rahbarlari va profilaktika inspektorlari uchrashuvi o‘tkazildi

Termiz shahrida Sektor rahbarlari va profilaktika inspektorlari uchrashuvi o‘tkazildi

Termiz shahar hokimligida shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev boshchiligida, sektor rahbarlari, mahalla raislari hamda profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tartib-intizom, qonunlarga hurmat, aholining osoyishtaligi, eng avvalo, mahallada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi zarurligi taʼkidlandi.

Jinoyatchilikni mahallalarda jilovlashda “Mahalladagi beshlik” yaʼni, profilaktika inspektori, rais, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va hokim yordamchisi hamkorligini oshirish maslalariga alohida ahamiyat qaratildi.

Uchrashuv davomida mahallalarda profilaktika inspektorlari oldida turgan muammolarning yechimi bo‘yicha muloqot qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.