“Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

“Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk, ruhan sog‘lom va jismonan baquvvat qilib tarbiyalash, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Termiz shahar bo‘limi hamda Termiz harbiy prokuraturasi xodimlari hamkorligida shahar hududida joylashgan “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazildi.