«KORRUPTSIYA – TАRАQQIYOT KUSHАNDАSI»

«KORRUPTSIYA – TАRАQQIYOT KUSHАNDАSI»

Maʼlumki, bugungi kunda korruptsiya xalqaro muammoga aylanib ulgurgan va bu masalaga juda jiddiy eʼtibor qaratilayapti. Shu bois unda Termiz shahar iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining boʼlim boshligʼi U.Nuraliev va Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʼi X.Normamatov tomonidan Pensiya jamgʼarmasi Termiz shahar boʼlimida faoliyat yurituvchi xodimlarga Korrupsiyaga qarshi murosasizlik bilan kurashish va uning oldini olish maqsadida yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Mazkur yigʼilishda Korrupsiyaning salbiy illatlari avvalo uning demokratiya va qonun ustuvorligiga putur yetkazishi boʼyicha fikr mulohazalar bildirilgan boʼlsa, yakunda barcha xodimlar korruptsiyaga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha yana bir bor ogohlantirildi.