Termiz shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʼtkazildi

Termiz shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʼtkazildi

Bugun, 15 iyulь kuni Termiz shahar hokimligida Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi boshligʼi Аsliddin Qobilov, Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasidan biriktirilgan vakil Otabek Berdiev, sektor rahbarlari, hokim oʼrinbosarlari hamda boshqa masʼullar ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʼtkazildi.

Uchrashuvda masʼullar tomonidan bugungi kunda tadbirkorlikka yaratilayotgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar haqida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subektlarining taklif va muammolari tinglanib, shahar miqiyosida hal etiladigan masalalar boʼyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.